00:53 / 06.07.2020
5925

«Zenit» mehmonda «Krasnodar»ni yengib, Rossiya chempioni bo‘ldi. Ozmunda dubl

Foto: Twitter/zenit_spb

Rossiya chempionatida 26-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Krasnodar» mehmoni bo‘lgan amaldagi chempion «Zenit» 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionat tugashiga 4 tur qolganida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Peterburgliklarning eronlik hujumchisi Sardor Ozmun o‘yinda dublga erishdi. «Krasnodar» esa mag‘lubiyatdan so‘ng ikkinchi o‘rindagi «Lokomotiv»ga yaqinlashib olish imkonini qo‘ldan chiqardi.

RPL. 26-tur

Krasnodar – Zenit 2:4

Gollar: Utkin (29, 50) – Ozmun (5, 52), Dzyuba (45, penalti), Sutormin (72).
Krasnodar: Safonov, Martinovich, Petrov, Ramires (Sergeyev, 76), Pantaleao, Olsson (Kabella, 76), Vanderson, Vilena (Suleymanov, 69), Gazinskiy, Utkin (Fernandesh, 76), Berg (Onugxa, 82).
Zenit: Lunyov, Ivanovich, Rakitskiy, Duglas Santos, Karavayev, Kuzyayev (Sutormin, 66), Barrios, Ozdoyev (Jirkov, 46), Malkom (Rigoni, 82), Ozmun (Driussi, 66), Dzyuba (Yeroxin, 88).
Ogohlantirishlar: Barrios (22), Kuzyayev (45), Petrov (46), Olsson (56), Vilena (58), Martinovich (60), Berg (73), Driussi (78).

Top