12:30 / 17.07.2020
9914
ZAMONA RANOdan – immunitetni oshiruvchi fitochoylar to‘plami
Foto: ZAMONA RANO

ZAMONA RANO fitochoylari bilan immunitetni mustahkamlaymiz!

Immunitet pasayishi inson tez-tez shamollashi va uning asoratlari rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Poliklinikalar yoki shifoxonalarga borib shifokor bilan uchrashish xavfli bo‘lib turgan bugungi murakkab kunlarda past immunitet muammosini bartaraf qilish uchun ZAMONA RANO kompaniyasi shifobaxsh giyohlar asosida tayyorlanuvchi fitochoylar to‘plamini tavsiya qiladi. ZAMONA RANO kompaniyasi 100 % tabiiy giyohli fitochoylarni ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchilardan biri hisoblanadi, fitochoylarning samaradorligi mamlakatning ilg‘or tibbiy klinikalarida o‘rganilib kelinmoqda.

Mutaxassislar shuningdek, turli dorivor o‘simliklardan damlamalar tayyorlash va iste'mol qilish immunitetni sezilarli darajada oshirishini ta'kidlamoqdalar. Mutaxassisning ta'kidlashicha, turli xil tabletkalar va kimyoviy ravishda yaratilgan dori vositalarini qabul qilish vaqt o‘tishi bilan organizmda zararli moddalar to‘planishiga olib keladi, shu bois, tabiiy o‘simliklar asosidagi mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya qilinishini bildirdi.

“O‘zbekistonda oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydigan foydali damlamalar ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va aksariyat kasalliklarning davosi hisoblanadi. Ko‘proq o‘simlik damlamalari va turli xil mevalarni iste'mol qilish zarur. Ular bizning immunitetimizga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bir narsani e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak: bizda turli xil o‘simliklardan tayyorlangan va juda arzon narxlarda sotiladigan ko‘plab damlamalar va dori-darmonlar bor”, – degandi u o‘z chiqishida.

Ko‘pchilik o‘zbekistonlik blogerlar ham mutaxassis fikriga qo‘shiladilar, ularning o‘zlari o‘simlik damlamalaridan iste'mol qilishgan va ijobiy izohlari bilan bo‘lishganlar.

Ayni paytda ZAMONA RANO kompaniyasi hammaga tanish bo‘lib, turli ta'mdagi 100 xil turdan ortiq mahsulotni ishlab chiqaradi. Ularni shahar dorixonalari, OXYmed dorixonalari va Korzinka.uz supermarketlari tarmog‘idan xarid qilish mumkin.

Endi yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi – fitochoyni @OxyMedbot telegramm boti orqali ham buyurtma qilish mumkin.

Bog‘lanish uchun: +998 93 183 11 66

Veb-sayt: http://rano.uz

Instagram: www.instagram.com/zamonarano

Facebook: www.facebook.com/ZamonaRano

Reklama huquqi asosida

Top