Kun.uz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov bilan telefon orqali intervyu taşkil etib, ayni kunlarda dolzarb bölib turgan bir qator savollarga javob oldi.

Intervyu davomida Nurmat Otabekov fuqarolar özini kasallikdan himoyalaşi uçun sanitar-gigiyenik qoidalardan taşqari yana qanday çoralar köriş lozimligi hamda bu borada iste'mol qilinişi kerak bölgan mahsulotlar, ovqatlaniş qoidalari va boşqa kerakli vositalar haqida töxtalib ötdi.

«Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bölsa, öz hududidagi şifokordan maslahat olişi kerak. Öşa şifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir şaxs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot çoralari haqida şunçalik köp gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni kötaradigan, inson immun tizimini barqaror uşlaydigan vositalar haqida köproq ma'lumot berişimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson öz immunitetini mustahkamlaşi uçun töyib uxlaşi, yaxşi dam oliş, xotirani jamlaşi, ortiqça asabiylaşmaslik, töyib ovqat yeyişi (me'yorni buzmagan holda) va jismoniy maşqlar bilan şuğullanişi hamda zararli odatlardan (içkilik, çekiş va h.k.) voz keçiş kerak», – dedi Otabekov.

Mutaxassis turli giyohlardan damlamalar tayyorlab içişni ham alohida qayd etib ötdi.

«Özbekiston şaroitidagi damlamalar, ya'ni u peşob haydaydiganidan tortib öt suyuqligini haydaydigan, oşqozon içak tizimini yaxşilovçi, ovqat-hazm qiliş jarayoniga ijobiy ta'sir qiladigan, qöyingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni köproq iste'mol qiliş lozim. Bularning barçasi bizning immun tizimimizga ijobiy ta'sir qiladi. Bir narsani e'tibordan çetda qoldiriş kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari köp.

Ahamiyat beradigan bölsak, ösimliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yöl bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar yetkazadi.

Şunday ekan, biz turli ösimliklar: na'matakdan tortib, kiyik öti, makkajöxori tuklari, romaşka guli va ayniqsa toğda ösadigan dorivor ösimliklarni iste'mol qilişni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

Insonning hatto içadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bölişi kerak.

Tabiat ne'matlaridan uzoqlaşmaslik kerak. Masalan, isiriq ösimligining ham foydasi juda katta.

Bundan taşqari, oddiy yonğoqni oling, u miya töqimalari faoliyatini yaxşilaydi. Örik va uning turşagi yurakka darmon», – dedi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği.

Intervyuni töliq holda öqiş: