Havo haroratining pasayishi bilan kattalar va bolalar o‘rtasida gripp, shamollash kabi mavsumiy kasalliklar ko‘payadi. Mavsum mobaynida bir necha marta shamollashni boshdan kechirayotganlar ham borligi sir emas. Otolaringolog Gulnora Rasulova bilan bu holatlarda tezroq sog‘ayish va yuqori immunitetga erishish usullari haqida suhbatlashdik.
Shamollashning og‘ir kechishi immunitet pastligidan dalolat
Qish faslida aholi orasida yuqori nafas yo‘llari shamollashi kabi kasalliklar ko‘payadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining uchdan bir qismida bu kasallik kuzatiladi. Bu kasalliklar burun oqishi, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, et uvishishi, umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Suvchechak, qizamiq, qizilcha, tepki, pnevmoniya kabi ko‘plab turlarga bo‘linadigan bu mavsumiy kasalliklarga qarshi kurashish uchun inson organizmida immunitet paydo bo‘lishi kerak. Shamollashlar, o‘tkir infeksiyali xastaliklarda immunitet turg‘un emas. Shuning uchun har yilgi “shamollash mavsumi”da qancha harakat qilinsa ham havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan bunday kasalliklarga baribir chalinish kuzatiladi.
Gripp va yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi kasalliklarini tarqatuvchi viruslarning turlari nihoyatda ko‘p. Ular inson organizmiga tushgandan keyin organizm immun tizimi qanchalik past bo‘lsa, kasallik shunchalik og‘ir kechadi. Bemorning holatiga qarab tanadagi immunostimulyator holatini belgilash mumkin.
Bolalarda esa yuqori nafas yo‘llari xastaliklari tomoq-burun, halqum, nafas yo‘llaridagina emas, quloqqa ham o‘tishi kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotkorlik bilan yo‘l tutilmasa bu kasalliklarning asorati anchagacha davom etishi mumkin.

Foto: KUN.UZ
Sog‘ayish uchun qimmat dori shartmi?
Ayrim holatlarda bemorlar tuzalish uchun qimmat dorilar bilan davolanish zarur deb hisoblashadi. Uy sharoitida turli antibiotiklar bilan o‘zlarini davolab, keyin har xil asoratlar bilan shifokorlarga murojaat qilishadi.
Tibbiyotimiz tarixidan ma’lumki, Abu Ali ibn Sino ham xalq tabobatiga katta e’tibor qaratib, dorivor o‘simliklar bilan davolashni afzal ko‘rgan. Hozirgi kunda ham bu eng yaxshi davo choralari hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Imunap” dori vositasi tarkibida juda ko‘p dorivor giyohlar mavjud. Vosita tarkibidan joy olgan arpabodiyon, tog‘ yalpizi, cho‘l yalpizi, oltin ildiz, aloe, na’matak kabi shifobaxsh o‘simliklarning har biri alohida davolash xususiyatiga ega. Bular jamlangan holda qabul qilinishi esa inson organizmida immunitetni oshirishga xizmat qiladi.













