21:11 / 20.07.2020
4074
Xitoyning Huawei’ga qarshi choralarga qanday javob qaytarishi mumkinligi aytildi

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Huawei’ga 2027 yilgacha mamlakatda 5G tarmoqlari o‘rnatishni taqiqlagandi. 

Agarda YeI Huawei kompaniyasini Yevroittifoq hududida 5G tarmog‘iga kirishdan mahrum qiladigan bo‘lsa, Xitoy hukumati Yevropa telekommunikatsion gigantlari –Nokia va Ericsson kompaniyalariga qarshi cheklov choralari kiritishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Wall Street Journal yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Xitoy savdo vazirligi Nokia va Ericsson kompaniyalariga Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga sotishga ruxsat bermaslikni ko‘zda tutuvchi nazorat mexanizmini yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu eng keskin reja bo‘lib, Yevroittifoq Xitoy kompaniyalariga cheklov kiritgan taqdirda amalga oshadi.

Yanvar oyida Financial Times gazetasi Yevroittifoq Xitoy kompaniyalarining Yevropa hududida 5G tarmog‘ini o‘rnatishiga nisbatan cheklov kiritishi mumkinligi haqida yozgandi. Qayd etilishicha, Huawei va ZTE tarmoqning "nozik" qismlariga kiritilmaydi.

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Huawei’ga 2027 yilgacha mamlakatda 5G tarmoqlari o‘rnatishni taqiqlagandi

AQSh esa Huawei va ZTE kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qilgan.

Top