Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Bryusseldagi sammitda Isroilga hujumi uçun Eronga qarşi sanksiyalarni kengaytirişga kelişib oldi. «Biz Eronga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy etişga qaror qildik, bu biz yubormoqçi bölgan aniq signaldir», dedi 18 aprel, payşanbaga ötar keçasi Yevropa kengaşi raisi. Uning ta’kidlaşiça, Eron xalqaro izolyatsiyaga tuşib qolişi kerak.
«Yevropa kengaşi Eronning Isroilga hujumini qat’iy va sözsiz qoralaydi hamda Isroil xalqi bilan töliq birdamligini, Isroilning mintaqadagi xavfsizligi va barqarorligiga sodiqligini tasdiqlaydi», deyiladi yiğilişning birinçi kuni yakunida qabul qilingan deklaratsiyada. Hujjatga köra, çeklov çoralari «dron va raketalarga ham tegişli» böladi. Mişel hali yangi sanksiyalar tafsilotlarini aniqlaştirmadi.
YeI Isroil va Eronni maksimal darajada vazminlikka çaqirdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakçilari mojaroning barça tomonlarini maksimal darajada vazminlik körsatişga çaqirdi. «Yevropa kengaşi Eron va uning işonçli vakillarini har qanday hujumlarni töxtatişga, şuningdek, barça tomonlarni maksimal darajada vazminlikka va mintaqadagi keskinlikni kuçaytiruvçi har qanday harakatlardan tiyilişga çaqiradi», deyiladi yakuniy bayonotda.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols Isroilni Eronga javoban ommaviy hujumdan tiyilişga, Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok vazminlikka çaqirgan edi.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyuştirdi. Isroil mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilişga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqçilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat taşqarisida urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Faqat bir neçta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tuşib, «kiçik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan taşqari, Isroilga hujumlar Yaman husiyçilari, şuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oşirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirilgan hujum uçun javob qaytariş bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok böldi. Şundan söng Eronning oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.













