Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Huawei’ga 2027 yilgacha mamlakatda 5G tarmoqlari o‘rnatishni taqiqladi
Raqamlashtirish, madaniyat, OAV va sport vaziri Oliver Doudenning so‘zlariga ko‘ra, 5G tarmog‘ini ishga tushirish 2-3 yilga kechiktiriladi va bu qo‘shimcha 2 mlrd funt sterlingga tushadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va vazirlar kengashi Xitoyning Huawei kompaniyasiga 2027 yilgacha mamlakatda 5G tarmoqlari o‘rnatishda qatnashishni taqiqladi. Bu haqda Sky news telekanali xabar berdi.
Ushbu qaror Buyuk Britaniya milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.
Telekanalning qayd etishicha, bunday qaror qabul qilinishiga AQShning may oyida Huawei’ga qarshi joriy etgan sanksiyalari ta'sir ko‘rsatgan.
Raqamlashtirish, madaniyat, OAV va sport vaziri Oliver Doudenning so‘zlariga ko‘ra, 5G tarmog‘ini ishga tushirish 2-3 yilga kechiktiriladi va bu qo‘shimcha 2 mlrd funt sterlingga tushadi.
Bunga javoban Huawei Britaniya hukumatini ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi va London Vashingtonning bosimiga dosh berolmaganini bildirdi.
Iyun oxirida Huawei Buyuk Britaniyada ilmiy-tadqiqot markazi qurishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026