15:01 / 23.07.2020
4935
«Surxon» klubining yana 13 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
Foto: Surxon

«Surxon» futbol klubining 13 nafar futbolchisi topshirgan test natijalari musbat ko‘rsatkich qayd etdi. Ular jamoadan ajratilib, qat'iy izolyatsiyaga olindi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Shuningdek, jamoa massajchisining test tahlili ham musbat ko‘rsatkich qayd etgan va izolyatsiyaga olingan. Shu bois, klubning boshqa futbolchi, xodimlari ham COVID-19 ga yana bir bor test topshirgan va ayni damda ular test javoblarini kutishmoqda», - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, bungacha «Buxoro» klubining 8 nafar, «Paxtakor»ning 5, «Surxon»ning 2, «Bunyodkor»ning bir nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan edi. Shuningdek, Pro liga doirasidagi «Xorazm» - «Dinamo» o‘yini ham futbolchilarda koronavirus alomatlari sezilgani sababli qoldirilgandi.

Top