15:37 / 23.07.2020
7081

Xitoy Marsga missiyasini jo‘natdi

Zond Mars orbitasiga chiqishi, uning sathiga qo‘nishi va harakatlanishi ko‘zda tutilgan. Zond Yerga ilk ma'lumotlarni 2021 yilda jo‘natadi.

Foto: Reuters

 Xitoy Marsni tadqiq qilish uchun o‘zining birinchi zondini uchirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

 Qayd etilishicha, "Tyanven-1" ("Samoga savollar - 1") zondining vazni 5 tonnaga yaqin bo‘lib, "Chanchjen-5" ("Buyuk yurish- 5") tashuvchi raketasi Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan parvoz qilgan.

Xitoy hukumati parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma'lum qildi.

Missiya Mars orbitasiga chiqishi, uning sathiga qo‘nishi va harakatlanishi ko‘zda tutilgan. Zond Yerga ilk ma'lumotlarni 2021 yilda jo‘natadi.

 Missiya muvaffaqiyatli kechsa, olimlar ushbu sayyoraning atmosferasi, relefi, geologik xususiyatlari va magnit maydonini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

 

Mavzuga oid
Top