14:04 / 25.07.2020
5831
So‘x garnizonida jangovar tayyorgarlik mashqlari o‘tkazilmoqda
Foto: Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug So‘x garnizonida innovatsion yondashuv asosida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda harbiy okrug matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyatlarini yanada oshirish, ularning professional mahoratlarini yuksaltirish bo‘yicha har bir jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari karantin qoidalari asosida o‘tkazilib kelinmoqda. Mashg‘ulot joylarida esa doimiy dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

«Shuningdek, amaliy mashqlardan oldin elektron o‘quv trenajyorlarida ko‘p bor shug‘ullanish yigitlarning ko‘rsatilgan nishonlarni bexato hamda ortiqcha o‘q-dori sarf qilmasdan ishg‘ol etishlarini ta'minlayapti», - deya, avvalgi jangovar tayyorgarliklar haqida ma'lumot berib, xabar bergandi okrug matbuot xizmati.

8 iyun kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida esa 2020-2021 o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali miting bo‘lib o‘tgandi. Tadbirdan so‘ng Jizzax garnizonidagi harbiy qismda namuna sifatida real zamonaviy jang sharoitiga moslashtirilgan majmuaviy maxsus mashqlar ko‘rsatib berilgan.

Top