00:14 / 30.07.2020
42118
Kunlik o‘sish antirekordi yana yangilanib, jami holatlar 22,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlarining o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha kunlik rekord yana yangilandi: 29 iyul kuni 692 kishi virusdan zararlangani tasdiqlandi. Jami holatlar 22585taga yetdi.

«Afsuski, shu yilning 29 iyul kuni mamlakatimizda 692 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 96 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 596 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Kun davomida Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani, jami qurbonlar soni 131 nafarga yetgani xabar qilindi.

Jami 672 nafar bemor sog‘ayib (bu – navbatdagi rekord), kasallikka chalinib tuzalgani hisobga kiritilganlar soni 12 265 nafarga yetdi.

29 iyul, yangi holatlar:

  • Karantin markazida — 96 (barchasi xorijdan kelgan).

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahri — 256
  • Toshkent viloyati — 191
  • Surxondaryo viloyati — 47
  • Namangan viloyati — 30
  • Xorazm viloyati — 19
  • Farg‘ona viloyati — 12
  • Sirdaryo viloyati — 12
  • Andijon viloyati — 11
  • Qashqadaryo viloyati — 11
  • Qoraqalpog‘iston — 4
  • Navoiy viloyati — 3

SSV axborotiga ko‘ra, hozirda kasallik qayd etilgan jami 22 585 nafar bemordan 12 937 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda davolanayotgan 9 517 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top