21:33 / 01.08.2020
48134
To‘rt mamlakatdagi yuzlab odamlarga pochta orqali Xitoydan sirli urug‘lar keldi

Birgina Floridada 600dan ortiq kishi ana shunday jo‘natma olgan, bunday holatlar 12ta shtatda sodir bo‘lgan.

Foto: Reuters

AQSh, Portugaliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada yuzlab kishilar pochta orqali ichida urug‘lar bo‘lgan paketlar olishdi. Ular Xitoydan jo‘natilgan, deb xabar bermoqda The Guardian.

Kichik shaffof paketchalardan qora va oq urug‘lar chiqqan. Jo‘natmalar ustiga esa ularning o‘yinchoq yoki bijuteriya ekanligi, oluvchilarning aniq manzili va ism-sharifi yozilgan. 

Birgina Floridada 600dan ortiq kishi ana shunday jo‘natma olgan, bunday holatlar 12ta shtatda sodir bo‘lgan. Buyuk Britaniyada ham yuzdan ortiq kishi ana shunday jo‘natma olgan, bundan tashqari, Yangi Zelandiya va Portugaliyada ham Xitoydan pochta orqali urug‘ kelishi holatlari qayd etilgan.

AQSh va Buyuk Britaniya bu borada surishtiruv boshlagan. 

Xitoy hukumati pochta stikerlari qalbaki ekanligini bildirgan va tekshiruv o‘tkazish uchun AQSh pochta xizmatidan ushbu jo‘natmalarni berishini so‘ragan.

Top