23:49 / 05.08.2020
4296
Moliya vazirligi so‘nggi ikki kunda koronavirusga qarshi kurashayotganlarga qancha mablag‘ to‘lab berilganini ma'lum qildi

Respublika bŭĭicha koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun joriy yilning 4 avgustiga qadar jami 1 trln 303 mlrd so‘m mablag‘lar xarajat qilingan bo‘lib, jumladan, koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga 3-4 avgust kunlari 15 mlrd. 763 mln.so‘m mablag‘ to‘lab berilgan deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.

Qayd etilishicha, 4 avgust kuni Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan koronovirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 927 nafari tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 7 mlrd so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi.

502 nafar xodimning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov sifatida 711 mln so‘m to‘langan. Shundan 139 nafar shifokorga – 276 mln so‘m, 216 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 287 mln so‘m, 112 nafar kichik tibbiyot xodimga – 121 mln so‘m, 35 nafar boshqa xodimlarga – 27 mln so‘m berilgan.

4 avgust kuni 378 nafar xodimga 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi sifatida 6,3 mlrd so‘m to‘langan. Jumladan, 89 nafar shifokorga – 2,5 mlrd so‘m, 147 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 2,5 mlrd so‘m, 107 nafar kichik tibbiyot xodimga – 1,2 mlrd so‘m va 35 nafar boshqa xodimlarga – 163 mln so‘m berilgan.

Moliya vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 3 avgust kuni ayni maqsadlar uchun 1585 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning 8,7 mlrd. so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘langan.

Shu jumladan:

– oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari 952 nafar xodimga 1,6 mlrd so‘m, xususan, 450 nafar shifokorga – 893 mln so‘m, 327 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 407 mln so‘m, 98 nafar kichik tibbiyot xodimga – 137 mln so‘m va 77 nafar boshqa xodimlarga – 129 mln so‘m;

– 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha 593 nafar xodimga 7,1 mlrd. so‘m, shundan: 119 nafar shifokorga – 2,4 mlrd so‘m, 263 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 3,1 mlrd so‘m, 170 nafar kichik tibbiyot xodimga – 1,5 mlrd so‘m va 41 nafar boshqa xodimlarga – 160 mln so‘m to‘lab berilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top