O‘tayotgan hafta davomida Janubiy Koreyaning kichik toifali shifokorlarining uchdan bir qismi ish tashlab, namoyishlarga chiqdi. Oqibatda shifoxonalarda jarrohlik amaliyotlari to‘xtab qoldi yoki kechiktirildi.

Shifokorlar hukumatning tibbiyot OTMlariga ko‘proq talaba qabul qilish haqidagi qaroriga nisbatan norozilik bildirib, namoyishga chiqdi. 27 fevral, seshanba kungi holatga ko‘ra, 9 mingga yaqin shifokorlar ish joylarini tashlab, mamlakatning tibbiy xizmat tizimini xavfga qo‘ygan. Hukumat bu orada agar shifokorlar 29 fevralgacha ish o‘rinlariga qaytmasa, ularning litsenziyalarini to‘xtatib qo‘yish, jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi.

Namoyishga nima sabab bo‘ldi?

Avvalroq hukumat Janubiy Koreya tibbiyot oliygohlariga qabulni yiliga 2 mingtagacha ko‘paytirishni (ayni paytda 3058 talaba qabul qilinadi) va shuning bilan 2035 yilgacha aholi qarishiga qarshi tura olish uchun mehnat bozoriga 10 ming shifokorni qo‘shishni reja qilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, Koreyada har ming nafar aholiga 2,1 shifokor to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich rivojlangan davlatlarda 3,7 ni tashkil qiladi va Koreyada nisbat pastroq.

Ish tashlagan shifokorlar tibbiyot ta’lim muassasalari keskin o‘sadigan kvotaga bardosh berolmasligini iddao qilmoqda. Ularning fikricha, raqamlar oshishi davlat tibbiy xarajatlarini ko‘paytiradi xolos. Xuddi hozirgi vaziyatdagidek ko‘proq talaba o‘qigani bilan baribir shifokorlar dermatologiya, plastik jarrohlik kabi talab yuqori sohalarga o‘zlarini uraveradi, pediatriya, akusherlik va tez tibbiy yordam kabi kam maosh to‘lanadigan sohalarda mutaxassislar yetishmovchiligi saqlanib qolaveradi.

Ba’zi tanqidchilarga ko‘ra esa, kichik darajali shifokorlar sohaga ko‘proq shifokorlarning kirib kelishi daromadlari pasayishiga sabab bo‘lishidan xavotir olib, hukumat rejasiga qarshi chiqmoqda.

Bemorlarning ahvoli qanday?

Shifokorlarning namoyishlari sabab turli tibbiy muolaja va jarrohlik amaliyotlari kechiktirilyapti. O‘tgan juma kuni tez tibbiy yordam bilan bog‘liq muammo sabab 80 yoshlardagi yurak xastaligiga chalingan ayol vafot etdi