Ötgan oyda kuzatilgan öqituvçilarning ta’til pullari kamayişi bilan boğliq muammo ortidan endi şifokorlar ham maoşi qisqarganidan şikoyat qilmoqda.

Respublika viloyatlarida tuman va şaharlardagi şifoxonalarning anesteziologik reanimatologoya bölimlari vraçlarining maoşlari 20 foizgaça qisqarib ketgan. Bu muammo Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan boşqa hududlardagi şifoxonalarda kuzatilmoqda. Kun.uz tahririyatga kelib tuşgan murojaatlar asosida vaziyatni örgandi.

Şu paytgaça şahar va tuman markazlaridagi şoşilinç tibbiy bölimlari xodimlariga iş haqi Vazirlar Mahkamasining 2005 yildagi 276-sonli qarori asosida tölanardi.

Unda soğliqni saqlaş muassasalari guruhlari böyiça maoşlar 4 koeffitsiyent asosida belgilangan; şoşilinç tibbiy bölimlar xodimlari 4-guruhga kirgan. Ya’ni bunda xodimlarga belgilangan maoş guruhlarga qarab quyidagi koeffitsiyentga köpaytirilgan:

  • Muassasalarning 1-guruhi uçun — tegişli razryad tarif stavkasiga 1,0 tuzatiş koeffitsiyenti;
  • Muassasalarning 2-guruhi uçun — tegişli razryad tarif stavkasiga 1,03 tuzatiş koeffitsiyenti;
  • Muassasalarning 3-guruhi uçun — tegişli razryad tarif stavkasiga 1,05 tuzatiş koeffitsiyenti;
  • Muassasalarning 4-guruhi uçun — tegişli razryad tarif stavkasiga 1,15 tuzatiş koeffitsiyenti qöllangan.

Yuqoridagi guruhlarga belgilangan koeffitsiyentlar asosida reanimatologlarga boşqa guruhlarga kiruvçilardan köra köproq maoş tölanardi.

Ammo 2023 yil boşidan reanimatsiya bölimlari xodimlarining oyligi iş yuklamasi kamaymagan holda pasayib ketdi. Buni Kun.uz’ga Andijon va Buxoro viloyatlaridagi tuman şifoxonalarida reanimatsiya bölimida işlaydigan vraçlar tasdiqladi. Tahririyat şifokorlar iltimosiga binoan, ularning ism-familiyasi va işlaydigan joyi nomini sir saqlaydi.

«Bilasizmi, şoşilinç bölim şifokorlarining işi oson emas, biz qaçon avariya sodir böladi yoki falokat tufayli oğir ahvoldagi bemor keltiriladi, bilmaymiz. Ba’zan sutkalab tik oyoqda şoşilinç işlaşga töğri keladi.

2005 yildagi qaror asosida şu kabi sabablarga köra tuman va şaharlarning şoşilinç tibbiy yordam va ularning tarkibidagi reanimatsiya bölimlari şifokorlari oyliklari koeffitsiyent böyiça eng yuqori darajaga olib çiqilgan. Ammo 2023 yil boşidan hammasi özgardi, oyliklarimiz birdaniga 20 foizgaça qisqarib ketdi. Bunga Moliya vazirligining birgina xati sabab böldi», d