18:06 / 08.08.2020
35530
Xitoyda yangi virus tarqalishi oqibatida yetti kishi vafot etgani xabar qilindi

Virus tarqalishi dastlab Tszyansu provinsiyasida qayd etilgan, keyinroq Anxoy provinsiyasida yashovchilarga ham virus yuqqan.

Foto: RIA Novosti

Xitoyda kanalar orqali o‘tuvchi SFTS virusi tarqalishi avj oldi, deb xabar berdi Global Times.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 60 kishi virus yuqtirgan, yetti kishi vafot etgan.

Virus tarqalishi dastlab Tszyansu provinsiyasida qayd etilgan, keyinroq Anxoy provinsiyasida yashovchilarga ham virus yuqqan.

Kasallikka chalinganlardan birining aytishicha, uning simptomlari yo‘tal, yuqori harorat, qonda leykotsit va trombotsitlar miqdorining kamayishi hisoblanadi.

 SFTS virusi ilk bor 2011 yilda aniqlangan. U kanadan odamga, odam qoni yoki shilliq ajratmasi orqali odamdan odamga yuqishi mumkin.

Top