07:31 / 16.08.2020
64496
Shahram G‘iyosov professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongida nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi o‘tkazdi.

Foto: instagram.com/shakhram__giyasov

O‘zbekistonlik bokschi uchinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Shahram G‘iyosov professional boksdagi o‘ninchi jangida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

U so‘nggi marta 2019 yilning avgustida Meksikada ringga ko‘tarilib, kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni (33-4-2, 21 KO) mag‘lub etgan va WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi. 

U navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgandi, ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, raqib o‘zgargandi.

Top