25 fevral tongida AQŞning Florida ştati Orlando şahrida boks oqşomi taşkil etildi. Uşbu professional boks oqşomining 2-markaziy jangida yarim örta vazn (–66,6 kg) toifasida özbekistonlik Şahram Ğiyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Tsezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarşi ringga kötarildi.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Tsezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar ğolibni oçkolar hisoblaş evaziga aniqlaşdi. Uçala hakam ham Ğiyosovning ğalabasini e’tirof etdi (109-99).
Jangning uçinçi raundida Şahram raqibini nokdaun qilişga ham muvaffaq bölgandi.
Shakram Giyasov DROPS Pablo Cesar Cano WITH A HUGE BODY SHOT ⚡️
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) February 25, 2024
Watch #BerlangaMcCrory Live on https://t.co/FoiaUucI53 pic.twitter.com/S4hj0IGcCc
Bu özbekistonlik boksçining professional faoliyatidagi 15-ğalabasi böldi, şundan töqqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Şu tariqa, Ğiyosov yarim örta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA çempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.













