21:36 / 18.08.2020
5822

Superliga. «Paxtakor» 1-o‘ringa qaytdi, «Qizilqum» ilk g‘alabasiga erishdi

Markazlashtirilgan shaklda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

«Lokomotiv» stadionida o‘tgan «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» o‘yinida poytaxt jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Igor Sergeyev (2ta), Abror Ismoilovning gollariga qo‘qonliklardan Hamidullov Abduhamidov javob berdi. G‘alaba evaziga Shota Arveladze jamoasi ochkolari sonini 25taga yetkazib, 24 ochkoga ega OKMKni ortda qoldirishga erishdi va 1-o‘ringa qaytdi. «Qo‘qon-1912» esa 16 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

«Paxtakor» stadionida «Mash'al» va «Andijon» jamoalari bahs olib borishdi. O‘yinda hisob ochilmadi. Durangdan so‘ng «Mash'al» 10 ochko bilan 10-o‘rinda, «Andijon» esa 6 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Jar» stadionida kechgan bahsda «Qizilqum» «Buxoro» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 48-daqiqasida nigeriyalik forvard Ibrohim Tomiva tomonidan kiritilgan to‘p navoiyliklarga mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etdi. Navoiy jamoasi ochkolari sonini 5taga yetkazib, 14-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Buxoro» esa g‘alabasiz seriyasini 10taga yetkazib, 3 ochko bilan yana 14-o‘ringa tushdi.

Superliga, 10-tur, 18 avgust
Qo‘qon-1912 - Paxtakor 1:3

«Lokomotiv» stadioni.
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Husan Muzaffarov

Gollar: Hamidullo Abduhamidov (81) – Igor Sergeyev (25, 43), Abror Ismoilov (67).

Qo‘qon-1912: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 71), Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov, 70), Sardor Azimov (Bek Abdullayev, 80), Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayyevats (Muhsin Normatov, 79), Yakuba Bamba.

Paxtakor: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyo‘q, 75), Yegor Krimets (Anzur Ismoilov, 62), Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev,71), Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 62), Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev (Sherzod A'zamov, 62).

Qizilqum - Buxoro - 1:0
«Jar» stadioni

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Rahimbek Karimov

Gol: Ibrohim Tomiva (48, penalti).

Qizilqum: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Oybek Qilichev, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Jasur Azimov (Sunnatilla Abdullajonov, 73), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva (Salim Mustafoyev, 83), Oleg Tolmasov, Doston Ibragimov (Qadamboy Nurmetov, 46).

Buxoro: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Bobir Amanov, Anvar Jo‘rayev, Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov, 75), Zohir Pirimov (Izzatilla Abdullayev, 70), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov (Suhrob Ne'matov, 61), Ergash Ismoilov, Azizbek Amonov (Behruz Sa'dulloyev, 70)  Solibek Karimov.

Mash'al – Andijon 0:0
«Paxtakor» stadioni

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Oybek Kallaxo‘jayev, Abdurashid Xudayberganov.

Mash'al: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifiani Ifiani, Sherzod Temirov, Ella Ken Armand (Nikita Pavlenko, 73), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Xumoyun Murtazoyev.

Andijon: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Artyom Litvyakov, Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Nodir Mavlonov (Muhammad Yo‘ldoshev, 88), Dmitro Zozulya, Timur Usmanov (Siroj Meliyev, 68).

Mavzuga oid
Top