11:00 / 19.08.2020
15081
Yangi «Sag‘bon» turar joy majmuasida sotuvlar boshlandi

Golden House o‘zining yangi va noyob «Sag‘bon» turar joy majmuasini taqdim etadi va unda xonadonlar sotuvi boshlanganini e'lon qiladi. «Sag‘bon» – bu Olmazor tumanida, islom madaniyati markazi – Xast Imom majmuasi yaqinida joylashgan fayzli turar joy majmuasidir.

«Sag‘bon» zamonaviy texnologiyalar asosida ekologik va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan g‘ishtli ikkita to‘qqiz qavatli binodan tashkil topgan. Majmua loyihasi shunday ishlanganki, uylarning joylashuvi to‘rtburchak shaklini hosil qiladi va uning ichida bolalar o‘yin maydonchalari bilan shinam yashil hudud shakllantiriladi.

Turar joy majmuasining fasadi sarg‘ish-jigarrang ranglarda aks etadi, bu sharqona muhit hosil bo‘lishiga hissa qo‘shadi va shu bilan birga uni zamonaviy xususiyatlar va sifatlar bilan boyitadi. Bir vaqtning o‘zida fasadlarning ifodali bo‘rtmalari va dekorning o‘zgacha shakllari «Sag‘bon»ni Golden House'ning noyob loyihalaridan biriga aylantiradi. Pardozlash uchun tabiiy ranglar va materiallar qo‘llanilishi bois, ular kiraverishdanoq sizni sokinlik va shinamlik muhitiga olib kiradi.

Turar joy majmuasi baxtli va jo‘shqin hayot uchun barchasi muhayyo bo‘lgan hududda qad ko‘tardi. Obodonlashtirilgan ichki hovli, zamonaviy bolalar maydonchalari, bolalar bog‘chasi, go‘zal landshaft dizayni majmua afzalliklarining bir qismidir. Tumandagi rivojlangan infratuzilma, piyoda yurish masofasida joylashgan savdo-maishiy maqsaddagi ko‘plab ijtimoiy obektlar «Sag‘bon» TJMning yaxshi jihatlarini yanada boyitadi.

Majmua hududining atrofi o‘ralgan va begonalar kirishidan to‘silgan bo‘ladi. Uyning birinchi qavatidan militsiya punkti joy oladi. Xavfsizlikni majmuaning butun atrofi bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari hamda qo‘riqlash xizmatining professional xodimi ta'minlaydi.

Piyoda yurish masofasida ko‘plab maktablar va bolalar bog‘chalari faoliyat olib boradi. Shunga qaramay, majmua hududida, ikkinchi binoning ichidan joy oladigan 90 ta o‘ringa ega shaxsiy bolalar bog‘chasi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bolalar bog‘chasidan oshxona, raqs va musiqa mashg‘ulotlari zallari, gimnastika xonasi, logoped kabineti, ta'lim va boshqa xonalar o‘rin egallaydi.

«Sag‘bon» TJMda xonadonlarni xarid qilishning qulay shartlari mavjud: xonadon xarid qilib, siz mablag‘laringiz va eng asosiysi – vaqtingizni tejab qolasiz, negaki xonadonlar to‘liq ta'mirdan chiqqan holda taqdim etiladi. Mebel va boshqa jihozlarni olib kirib, yangi uyingizga bemalol do‘stlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Shuningdek, xonadon xarid qilganingizda, zamonaviy va ergonomik oshxona garniturini mutlaqo bepul qo‘lga kiritasiz!

«Sag‘bon» TJM savdo ofisiga tashrif buyuring va hamyonbop narxlarda fayzli va barakali xonadon xarid qiling!

«Sag‘bon» TJM savdo ofisi: Olmazor tumani, Sag‘bon 10 tor ko‘chasi.

Mo‘ljal: Kichik halqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chasi kesishmasi yaqini.

Telefon: +99878 150-11-11

Veb-sayt: sagbon.uz

Reklama huquqi asosida

Top