18:03 / 24.08.2020
31067

AQShda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi

Qayd etilishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Foto: Global Look Press/Sven Hoppe/dpa

AQShda bir guruh tadqiqotchilar koronavirusga qarshi burun orqali kiritiladigan vaksina yaratishdi, deb yozmoqda Cell jurnali.

Vaksina burun orqali organizmga kiritilganidan so‘ng infeksiya bilan kurashishni boshlaydi. uni Sent-Luisdagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari ixtiro qildi.

Nashrning yozishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

 Olimlarning ta'kidlashicha, preparat infeksiyaning yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va pandemiyaning tarqalish tezligini pasaytiradi.

 Vaksina hozircha faqat sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top