17:37 / 25.08.2020
3159
200 va 500 so‘mlik banknotlarni 29 avgustgacha banklar kassalari orqali almashtirib olish mumkin

1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotdi.

Respublikada koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e'lon qilingan karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga qulaylik yaratish maqsadida istisno tariqasida tijorat banklarining barcha bo‘linmalari (bank xizmatlari ofislari, mini-banklar kassalari va boshqa bankdan tashqari operatsion kassalar) tomonidan 2020 yil 1 sentyabrga qadar eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirib berish yuzasidan xabar berilgan.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan eski namunadagi 200 so‘m va 500 so‘m qiymatidagi banknotlar mavjud bo‘lsa, ularni joriy yil 29 avgustga qadar (avgust oyining oxirgi bank ish kuni) tijorat banklarining barcha bo‘limlari kassalarida almashtirib olish mumkin.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 sentyabrdan keyin esa ushbu banknotlarni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish imkoni bor.

Top