Monitoring natijalariga köra, «Xalq banki» Kuyganyor filialidan «Development Innovation» MÇJga 2020 yil noyabrdagi kredit şartnomasiga asosan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş uçun ajratilgan 550 mln söm imtiyozli kredit talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur mablağ «Alliance Traiding House» MÇJga uskunalar sotib oliş uçun ötkazilgan. Biroq örganiş davomida kredit oluvçi körsatgan manzilda uskunalar mavjud emasligi ma'lum bölgan.
Şuningdek, uşbu bank tomonidan «Xikmatullox Tekstil» MÇJga 2020 yil noyabrida xizmat körsatiş yönalişida 400 mln söm imtiyozli kredit ajratilgan. Uşbu mablağ «Alliance Premium House» MÇJga tikuvçilik uskunalari sotib oliş uçun ötkazilgan. Tekşiriş natijasida imtiyozli kredit mablaği hisobiga tikuv dastgohlari olib kelinmagani, bank va xöjalik yurituvçi sub'yektlar rahbarlari tomonidan mazkur imtiyozli kredit mablaği özlaştirilgani aniqlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boşqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur materiallarga asosan joriy yilning 22 fevral kuni Andijon tuman prokuraturasi tomonidan «Alliance Premium House» va «Alliance Traiding House» MÇJlar rahbari K.X., «Development Innovation» MÇJ rahbari M.S. va «Xikmatullox Tekstil» MÇJ rahbari X.H. hamda «Xalq banki» Kuyganyor filiali mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi va 209-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Alliance Premium House» va «Alliance Traiding House» MÇJlar rahbari K.X. jinoyat işiga gumonlanuvçi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.










