Milliy matbuot markazida bölib ötgan tadbirda Kun.uz muxbiri Federatsiya monopol taşkilotlarga nisbatan qanday munosabatda ekanligiga qiziqdi. Xususan, UzAuto şartnomalarida bir tomonlama manfaat aks etgani, avtomobil qiymatining 85 foizini oldindan qabul qilayotgani iste'molçilar huquqlarini qançalik poymol qilişiga qiziqdi.
«Töğrisi, jahon avtomobil sotiş amaliyotida 85 foiz pulini olib, keyin 15 foizini oliş qoidasi amal qilmaydi. Pulini tölaysiz, avtomobilingizni olib ketasiz. Ayrim kompaniyalar, hatto, avtomobilning ma'lum bir qismini tölab, qolganini keyin tölaş şarti bilan mahsulotlarini sotmoqda.
Oldindan 85 foiz pulini tölab, ma'lum bir muddat kutib, keyin qolgan summani tölab, avtomobil xarid qiliş amaliyoti faqat Özbekistonda bölsa kerak. Monopoliya özi erkin bozor iqtisodiyotining kuşandasi. Bu nuqtayi nazaridan biz öz munosabatlarimizni bildirganmiz, Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasining sudga berişidan (Özavtosanoat va ÖzAvto kompaniyalarini – tahr.) köpçilikning xabari bor.
Qaçonki, erkin raqobat bozor tamoyili asosida rivojlanar ekan, şundagina bu haqda gapirsa böladi. Lekin, hozirça, monopol taşkilotlarning qilayotgan işi “istasang şu, bölmasa katta köça” qabilida bölmoqda», - dedi Inomjon Toğayev.
U, şuningdek, banklar va mijozlar örtasidagi şartnomalarning aksariyatida şartnoma bir tomonlama banklar foydasiga tuzilayotganiga ham e'tibor qaratdi.
«Biz banklarni örganganmiz. Ularning kredit böyiça murojaat qilayotgan mijozlarga taqdim etayotgan şartnomalarining aksarida bank manfaatlari birinçi örinda, ya'ni iste'molçi manfaati bir taraflama buzilgan. Kredit oluvçi ham, olsam böldi, deydi. Tahlil qiladigan bölsak, qonun böyiça iste'molçilar manfaatlari köp bandlarida buzilgan. Şu haqda Markaziy bank boşqarmasiga öz tavsiyalarimizni berganmiz. Bu borada katta iş qilinmoqda», - dedi IHHQJF ijroçi direktori.











