15:52 / 28.08.2020
16960
Ayni paytda bolalar orasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari qanday?

Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3 foiz) tashkil qilmoqda. Barno Abdusamatova shu haqidagi savolga javob berdi.

Foto: ommfound.org

“COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo‘yicha tahlil qilganimizda:

1 yoshgacha 190 nafarni (4,8 foiz);

3 yoshgacha bolalar 683 (17,4 foiz) nafarni;

3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8 foiz) nafarni;

7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54 foiz) nafarida kasallik aniqlangan.

3932 nafar kasallanganlar orasida jami sog‘ayganlar — 3293 nafarni (83.7 foiz), bugungi kunda davolanayotganlar 639 nafarni (16,3 foiz) tashkil etmoqda.

Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi kuzatilmadi, o‘lim holati bo‘lmadi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar respublikamizda karantin e'lon qilingan hamda maktabgacha ta'lim va xalq ta'limi muassasalari faoliyat yuritmagan davrga to‘g‘ri keladi”, - dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top