Mercedes jamoasi poygachisi, amaldagi chempion Lyuis Hemilton “Formula-1” poygalarining Belgiyada o‘tgan 7-bosqichida g‘alaba qozondi.
Uning jamoadoshi Valtteri Bottas marrani ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi. 3-o‘rinni Red Bull poygachisi Maks Ferstappen egalladi.
Poygachilar poyga oldidan 2019 yil avgustda avariya oqibatida halok bo‘lgan fransuz poygachisi Antuan Yuber xotirasini yod olishdi.
Poyganing keyingi bosqichi Italiyada 4-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Umumiy jadvalda Hemilton 157 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinni 110 ochko bilan Ferstappen egallamoqda.