01:10 / 06.09.2020
3412
Mixael Shumaxerning o‘g‘li «Formula-2» mavsumidagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Twitter/FIA_F2

«Formula-2» (jahon avtosportining ikkinchi divizioni) chempionati sakkizinchi bosqichining birinchi poygasi Prema Racing jamoasi poygachisi Mik Shumaxerning g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Formula-1» bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik uchun bu mavsumdagi birinchi va «Formula-2»dagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda Vengriyadagi «Xungaroring» avtodromidagi poygada g‘alabaga erishgandi.

Marraga ikkinchi bo‘lib italiyalik Luka Gotto (Hitech GP), uchinchi o‘rinda esa daniyalik Kristian Lundgor (ART) yetib keldi.

Chempionatning sakkizinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi poyga 6 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mixael Shumaxerning o‘zi 2013 yilda Fransiya Alplarida chang‘i uchish vaqtida boshidan jarohat olgan. Sportchi yarim yil davomida sun'iy komada bo‘lgan va hanuzgacha davolanadi.

2019 yil kuzida Shumaxer Parijdagi shifoxonaga yashirincha keltirilgani ma'lum qilingan.

Top