«Formula-2» poygasida fransiyalik 23 yoshli poygachi halok bo‘ldi
BWT Arden jamoasining fransiyalik 23 yoshli poygachisi Antuan Yuber Belgiyada bo‘lib o‘tayotgan «Formula-2» poygalarining to‘qqizinchi bosqichida halokatga uchrab hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) matbutot xizmati xabar berdi.
Yuber burilishdan chiqayotib bolid ustidan boshqaruvni yo‘qotgan va to‘siqqa urilgan. Uning ortidan kelayotgan amerikalik poygachi Xuan Manuel Korrea (Sauber Junior Team) katta tezlikda Yuberning mashinasiga kelib urilgan.
Oqibatda fransiyalik poygachining bolidi ikkiga bo‘linib ketgan. Poygachilar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Yuber olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan, Korrea esa unchalik og‘ir bo‘lmagan jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
18:08 / 30.12.2023
Xulosa chiqarmayotgan odamlar: avtoavariyalar dahshatli “dushman”ga aylanmoqda
22:08 / 22.12.2023
Olmaotada avtobus yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro tufayli odamlarni urib yubordi
14:39 / 22.11.2023