12:25 / 09.09.2020
6586
Mo‘jiza sari 10 bosqich: beshinchi bosqich - suv osti dunyosining mo‘jizasi

Haqiqiy qaroqchi va xazina ovchisiga aylaning, okean tubiga sho‘ng‘ing, suv osti dunyosini o‘rganing, akula bilan yuzma-yuz uchrashing — dengiz sarguzashtlarini sevuvchilarning orzulari tez orada amalga oshadi. Toshkentning markazida suv osti ertagi.

Yo‘qotilgan Atlantida shahri uslubidagi O‘zbekistondagi birinchi Okeanarium Magic City oilaviy-ko‘ngilochar hududida barpo etilmoqda. Bu yerda har biringiz suv osti dunyosining mo‘jizasini o‘rganishingiz va yuzlab ajoyib mavjudotlar haqida bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Barchangizga mo‘jizaviy sarguzashtlarni kafolatlaymiz.

Okeanariumda 100 dan ortiq baliq, ilon va hasharotlar turlari bilan tanishish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ulkan akvariumlar faunasi o‘nta akula, o‘ttizta skatlar, aql bovar qilmaydigan va hayratga soladigan meduzalar, "Masxaraboz" va "Jarroh" baliqlaridan (ha, bular "Nemoni izlab" multfilmidagi qahramonlar) tashkil etiladi.

Tashrif buyuruvchilarni 20 metr uzunlikdagi suv osti tunneli kutib oladi. Tunnelga kirish xavfsiz va nihoyatda hayajonli — dengiz dunyosi ko‘zingiz oldida bo‘ladi.

Okeanariumda dengiz aholisini oziqlantirish shou dasturini tashkil etish rejalashtirilgan. Touch pool zonasi tashrif buyuruvchilarga nafaqat dengiz aholisini tomosha qilishlariga, balki baliqlar va mayda akulalarga tegishlari va boshqa baliqlarga o‘z qo‘llari bilan yem berishlariga imkon beradi.

Baliqlar ovqati maxsus oshxonada tayyorlanadi. Tibbiyot xonasida ishlash uchun mahalliy mutaxassislarni tayyorlaydigan xorijiy veterinarlarni taklif qilish rejalashtirilgan.

Akvarium "O‘zbekiston tarixi" va "Jungli", g‘orlar zali, dengiz osti kemasi borti, "Singan akvarium", yosh kashfiyotchilar zonasi va dengiz gigantlarining skeletlari haqiqiy hajmda namoyish etiladigan akula zali zonalariga bo‘linadi.

Buzilgan kema 3,8 metr chuqurlikdagi eng katta akvariumning pastki qismiga joylashtiriladi. Aynan shu yerda farzandlaringiz tasavvuri cheksiz tus oladi.

Toshkent Okeanariumining do‘stona jamoasi har kuni har xil shou dasturlari bilan sizlarni quvontirish uchun yangidan-yangi g‘oyalar tayyorlamoqda!

Hozirda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.

Reklama huquqi asosida

Top