Kimdir sizga hikoya sözlab bersa yoki badiiy kitob öqisangiz, tasavvuringizda bir surat paydo bölişini payqaganmisiz? U har bir öquvçi yoki tinglovçida mutlaqo har xil. Hikoyaga tafsilotlar qöşilişi bilan u surat ham özgarib boradi. Qahramonlar siz uçun yaqin insonga aylanib borişadi. Siz ular haqida qayğurasiz va ularning keyingi qadamlarini oldindan sezasiz. Bu — tasavvur möjizasi!
Usiz dunyodagi millionlab odamlarga quvonç baxş etadigan global loyihalar bölmas edi.
Öz orzusiga işongan va barçaga maşhur möjizaviy olamni yaratgan Uolt Disney şunday degan: “Agar siz biror narsani tasavvur qila olsangiz, demak uni amalga ham oşira olasiz”. The Magic jamoasi uşbu taniqli insonning izidan yurib, tasavvur möjizasi bilan qurollangan holda öz ğoyasini hayotga tatbiq etadi. “Uolt Disney uzoq yillar mobaynida erişgan yutuqlarga ikki yil içida erişiş” degan maqsad qöyildi.
The Magic jamoasi öz tasavvur va hissiyotlarini mujassam etib, Yevropa va Amerika multfilmlari bilan raqobatlaşa oladigan multfilm yaratdi.
Osiyoda vujudga kelgan uşbu fantaziya mehribon va ajoyib qahramon Fanikl va uning döstlari haqidagi ertak hisoblanadi. Syujyet tanga orqali sayohat qiladigan döstlar hikoyasiga asoslangan.
Fanikl – serialning asosiy qahramoni – bu har bir yoşi katta insonda yaşovçi sodda va qiziqarli bola. U doimiy ravişda yangi narsalarni örganib boradi, kulguli vaziyatlarga tuşadi va ulardan muvaffaqiyatli tarzda çiqib ketadi. Kötarinki kayfiyat uni heç qaçon tark etmaydi.

Jamoa bir yil mobaynida yurtimizning rassomlaridan taşkil etildi. Bitta rejissyor, uçta illyustrator va yettita animator uç yil davomida mehribon va qiziqarli qahramon haqida 6 ta sarguzaşt va 30 ta öquv seriyalarni yaratişdi, ular tez orada mahalliy televideniye orqali namoyiş etiladi. Şuningdek, töliq metrajli multfilm ham rejalaştirilmoqda. Uşbu loyiha uçun animatsiya sifatini yuqori darajaga yetkaziş maqsadida kompyuterlar maxsus çet elda yiğilgan. Multfilm bolalar va kattalarni heç qaçon tuşkunlikka tuşmaslikka, özlariga va hayotimizda şubhasiz mavjud bölgan möjizaga işonişga örgatadi.
Hamkorlik va ijaraga oliş uçun quyidagi telefon raqamiga qönğiroq qiling: +998 71 202 77 99.










