Taqvimdagi sana har doim ham kunimizning özgaça va bayramona ötişiga sabab bölmaydi, şunday emasmi? Ajoyib kunni yaqin insonlar, quvonçli his-tuyğular va töğri tanlangan joy yaratadi.

Tuğilgan kunni qayerda nişonlaş, farzandingiz yoki döstingizni qanday ajablantiriş haqida neça marta öylagansiz? Uning hamma narsasi bor, şuning uçun öziga xos, yangi, oldin heç qaçon boşidan ötkazmagan hissiyotlarni va sinab körmagan narsalarni sovğa qilişni istaysiz.

The Magic jamoasi bayram butun yil davomida har kuni hukm suradigan joyni barpo etmoqda. Undagi har bir burçak bayram möjizasi bilan örab olingan böladi.

Siz va farzandlaringiz uçun barça mumkin bölgan tadbirlar ssenariysi tayyorlanmoqda. Siz va mehmonlaringiz uçun maxsus avtobus kelib, abadiy bayram mamlakatiga olib ketsa, bu naqadar ajoyib bölişini tasavvur qila olasizmi? Londonda nonuşta qilib, Misrda attraksionlarda uçişingiz, Parijda tuşlik qilişingiz, Italiyada mahorat darsida iştirok etişingiz mumkin, keçqurun esa sizning şarafingizga nihoyatda çiroyli favvora yoqiladi yoki salyut otiladi. Bunday möjizaviy tuyğularni tez orada Toşkentda his qiliş imkoniyati mavjud böladi.

Sayilgohda xizmat körsatiş yuqori darajada qulay, muhit esa iş kunlarida ham bayramona bölişiga tayyorlanmoqda.

Uşbu yurtning har bir fuqarosi öz mehmonlarini kutib olişdan mamnun bölib, ularga ajoyib kayfiyat bağişlaşdan xursand böladi. Ular siz uçun eng yaxşi döstlaringizga aylanadi – hozirjavob, xuşmuomala, har doim yordamga kelişga tayyor.

Sayilgohda siz aniq adaşib qolmaysiz, çunki har bir bölimda xaritaga ega ma'lumot kiosklarini topişingiz mumkin.

Katta va qulay avtoturargoh maşinangizni qayerda qoldiriş haqida qayğurmaslikka imkon beradi.

Xizmat körsatişning afzalliklaridan biri şahar içida qatnaydigan avtobus bölib, unda sayilgohgaça yetib olsangiz böladi. Magic City’ning keng hududi böylab golfkarlar odamlarni avtoturargohdan sayilgohdagi kerakli joyga olib boriş uçun yölga qöyiladi. Yoş bolali ota-onalar uçun juda qulay xizmat – bolalar aravaçasini ijaraga oliş imkoni böladi. Kiçkintoy bola uxlayotgan paytda kattalar sayr qilişdan zavq olişlari mumkin.

Şuningdek, “Ona va bola” xonalari mavjud bölib, imkoniyati çeklangan insonlar uçun esa panduslar va maxsus yöllar quriladi.