Mana, bizni Magic City’ga olib kelgan eng muhim yakuniy bosqiçga ham yetib keldik. Bu yerda ğayrioddiy va öziga jalb qiladigan narsalar juda köp böladi. The Magic jamoasi sizni bosqiçma-bosqiç Toşkent markazidagi möjizaviy makonda yiğilgan ajoyib bölimlar bilan taniştirib çiqdi. Ertakka olib boradigan eşiklar barçaga – kattalarga ham, bolalarga ham oçiq böladi. Magic City möjizasini har bir inson his etib köradi.

Uşbu möjizaviy mamlakat köçalarida har kuni bayram hukm suradi. Kötarinki kayfiyatning yuqori quvvati qalbingizgaça yetib borib, u yerdagi yoqimli hislar xotirada abadiy qoladi.

Taşrif buyuruvçilar sayilgohda yil böyi rang-barang tadbirlar ötkazilişiga bemalol işonişlari mumkin.

Har bir kişi maza qilib vaqtini maroqli ötkazişi, şov-şuvli festivallarda, sevimli ertak va multfilm qahramonlari iştirokidagi kostyumli şoularni zavq bilan tomoşa qilişi, qiziqarli kvestlarda iştirok etişi, mahorat darslarida yangi narsalarni örganişi, konsertlarda raqsga tuşişi va musiqa tinglaşi, ajoyib salyutlar namoyişidan bahramand bölişi mumkin.

207 900 kv metrli ulkan mamlakatning har bir burçagi möjiza bilan burkangan. U özida turli xil şahar va mamlakatlarning tematik köçalarini mujassam etgan holda mehmonlarga Toşkentdan çiqmasdan sayohat qiliş imkoniyatini beradi. Yirik va tengi yöq uşbu oilaviy köngiloçar markaz butun oilani qiziqarli öyin-kulgilar bilan birlaştiradi. Lazerli kinoteatr orqali kinematografiya mamlakatiga sayr qiliş mumkin. Okeanarium misli körilmagan dengiz jonzotlari bilan sizni taniştiradi. Çiroyli möjizaviy qasr va kuylovçi favvora esa mehmonlar uçun eng romantik manzaraga aylanadi. Attraksionlar sayilgohi va akvapark yuqori adrenalin va yangi tuyğularni baxş etadi.

Magic City möjizasi har bir oilani, har bir insonni birlaştirgan holda haqiqiy möjiza borligiga işonç paydo qiladi. Sayilgohda butun umringiz davomida yoqimli xotira bölib qoladigan samimiy his-tuyğularni olasiz. Fotoalbomingiz esa yorqin va quvnoq rasmlarga töladi.

 

Magic City – bu har bir burçagi möjizaga burkangan ölka!

Hozirgi vaqtda sayilgohda quriliş işlari olib borilmoqda.