15:46 / 09.09.2020
3671
Uchko‘prikda «GAZ-53» bilan archaga borib urilgan haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 6 sentabr kuni ayanchli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi va oqibatda bir kishi halok bo‘ldi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Fuqaro S.M. o‘z boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasida tumanning Jalayer qishlog‘i hududida ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avtomashina yo‘l chetidagi archa daraxtiga borib urilgan. Oqibatda haydovchi S.M. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top