Farğona viloyatida xavfsizlik çoralari körilmagan AGTKŞ gaz ta’minotidan ajratildi. Bu haqda «Özenergoinspeksiya» axborot xizmati xabar berdi.
Unga köra, «Özenergoinspeksiya» viloyat hududiy boşqarmasi tomonidan Uçköprik tumanida joylaşgan «F.M.S.» MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida örnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib oliş, saqlaş, tarqatilişi holatlari yuzasidan örganiş ötkazildi.
Xususan, örganiş jarayonida AGTKŞlar faoliyatida aholi hayoti va soğliğiga xavf tuğilişi bilan boğliq bölgan qöpol qoidabuzarliklar aniqlandi.
Uşbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi hamda mazkur AGTKŞlar yuqoridagi kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgaça) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.

















