Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bedarak yo‘qolgan qiz bir yildan so‘ng topildi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bir yil avval bedarak yo‘qolgan qiz Toshkent shahridan topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Uchko‘prik tumani, «Yakkamulla» MFY raqamsiz uyda yashovchi Dilshoda Ismoilova 2023 yil 12 fevral kuni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U murojaatida 2008 yilda tug‘ilgan qizi Muhammadjonova Dilnura 2022 yil 10 dekabr kuni yashash xonadonidan chiqib ketib, shu kunga qadar qaytib kelmasdan, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Uchko‘prik tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan D.Muhammadjonova 2023 yil 1 dekabr kuni Toshkent shahrida sog‘-salomat topilib, yaqinlariga topshirildi.
Mavzuga oid
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026