18:31 / 09.09.2020
2404
Yevrokomissiya BioNTech va Pfizer kompaniyalariga 200 mln doza vaksina uchun buyurtma bermoqchi

Vaksinani yetkazib berish 2020 yil oxirida, tegishli idoralar uning bozorga chiqarilishini ma'qullashi bilan boshlanadi.

Foto: DPA

Yevropa komissiyasi (YeK) Germaniyaning BioNTech va AQShning Pfizer kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan vaksinadan 200 mln doza sotib olmoqchi. Bundan tashqari, yana 100 mln doza vaksinaga buyurtma berish rejalashtirilgan. Bu haqda YeK va har ikki farmatsevtika kompaniyasi vakillari ma'lum qildi.

 Vaksinani yetkazib berish 2020 yil oxirida, tegishli idoralar uning bozorga chiqarilishini ma'qullashi bilan boshlanadi. 

 7 sentabr kuni BioNTech va Pfizer Germaniyadagi klinik sinovlarning yakuniy bosqichi haqida xabar berdi. Hozirgacha klinik sinovlarda 25 ming ko‘ngilli ishtirok etgan.

Avvalroq Germaniyada yana bir korxona - CureVac biotexnik kompaniyasi vaksina sinovlarini o‘tkazishni boshlagandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top