13:20 / 12.09.2020
21514

Samarqandda yo‘lda yotgan 20 yoshli yigitni «Neksiya» bosib ketdi

YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 5:30larda, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan 4M 503 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib oldinda, yo‘l qatnov qismining o‘rtasida mast holda, choponga o‘ranib yotgan, piyoda 2000 yilda tug‘ilgan A.E.ni bosib ketib, YTH sodir etgan.

Natijada, 20 yoshli A.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan ehtiyotkor bo‘lishlarini, piyodalar mast holda avtomobil yo‘llarida harakatlanmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top