09:11 / 13.09.2020
44086
Ikki erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi tugatildi
Foto: Toirbek Komiljonov

Namangan viloyatida o‘z sha'nini himoya qilib, ikki erkakni do‘pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Gulsanam Alijonova 25 iyun kuni kalta shorti va futbolkada turgan paytda ikki erkak onasini haqoratlagani sababli o‘z sha'nini himoya qilishga majbur bo‘lganini takidlagan.
  
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 5 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha fuqaroga nisbatan  JPKning 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

  • Ma'lumot uchun, 23 yoshli Gulsanam Alijonova hozirda Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat yo‘nalishi sirtqi bo‘limida, 3-bosqichda tahsil oladi. Oilada 6 nafar farzandning kenjasi. Boks, karate bilan shug‘ullangan. Ikki yildan beri taekvondo WTF bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnab keladi.
Top