Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan ham tanişdi.

Tört gektardan ortiq hududda joylaşgan bu investitsion loyihaning dastlabki bosqiçi 2021 yilda işga tuşirilgan. Xitoydan keltirilgan texnologiyalar asosida yiliga 10 ming dona elektr dvigatel, 2 ming dona suv nasosi işlab çiqariş quvvati yaratilgan. Yuz kişi iş bilan ta’minlangan.

Elektr dvigatellar işlab çiqariş 60, suv nasoslari 100 foiz mahalliylaştirilgan. Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining “IE2” darajasida bölib, xalqaro standartlarga javob beradi. Mahsulotlar Özbekistondagi kon-metallurgiya kombinatlariga, suv xöjaligiga va Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda.

Loyihaning ikkinçi bosqiçi may oyida, yakuniy bosqiç esa yil oxirigaça işga tuşadi. Natijada işlab çiqarilayotgan mahsulotlar turi ortib, hamkorlik geografiyasi kengayadi. Yana 160 ta yangi iş örni yaratiladi.

Xususan, bu yerda 2,2 ming tonna emallangan sim, 6 ming dona elektr dvigatel, 4 ming dona katta hajmdagi suv nasosi işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi. Bu qöşimça 500 milliard sömlik sanoat mahsulotlari, degani.

Umuman, Namangan viloyatida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha şakllantirilgan bölib, şundan 2 milliard 300 million dollarlik 17 tasi taşrif davomida davlat rahbariga taqdimot qilindi.

Bu loyihalarga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar quriliş materiallari, elektr texnikasi, kimyo, töqimaçilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konçilik, baliqçilik va boşqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy bilan hamkorlikda Çust tumanida mis qazib oliş va qayta işlaş, pokistonlik investor tomonidan Töraqörğon tumanida sintetik mato işlab çiqariş va böyaş, Avstriya kompaniyasi bilan viloyat travmatologiya markazini jihozlaş rejalaştirilgan.