13:19 / 14.09.2020
6216
Eron AQShning JARdagi elchisiga suiqasd qilishga tayyorlanmoqda - OAV

Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Vashingtondan o‘ch olish maqsadida AQShning Janubiy Afrika Respublikasidagi elchisi Lana Marksga suiqasd amalga oshirmoqchi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.   

Foto: EPA

Ta'kidlanishicha, bu haqidagi ma'lumot bahordayoq paydo bo‘lgan, biroq oxirgi vaqtda ushbu operatsiyaning aniq tafsilotlari paydo bo‘lgan.  

Nishon sifatida Lana Marksning tanlanishiga sabab uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uzoq vaqtdan beri do‘st tutingani ekani taxmin qilinmoqda.

Ta'kidlanishicha, JARdagi elchiga suiqasd Eronning generalning o‘ldirilishiga o‘ch olish variantlaridan biri hisoblanadi. 

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi AQShning raketa zarbasi natijasida Bag‘dod aeroporti yaqinida halok bo‘lgandi. Oq uyda Sulaymoniy va uning tarafdorlari amerikalik diplomatlar va harbiylarni o‘ldirishga tayyorlangan, deb hisoblangan.  

General o‘limidan keyin Eron Vashingtondan o‘ch olishning 13 variantini taqdim qilgan. Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamhaniy ta'kidlaganidek, ushbu variantlardan eng “beozori” ham AQSh uchun dahshatga aylanishi mumkin.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Top