09:55 / 18.09.2020
7282

2019 yilda o‘rtacha har 100ta uy xo‘jaligiga 47ta avtomobil to‘g‘ri kelgan

2019 yilda o‘rtacha har 100ta uy xo‘jaligiga 47ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Qayd etilishicha, 100ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 160ta, kompyuterlar soni esa 55tani tashkil etadi.
 
Shuningdek, kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, 100ta uy xo‘jaligidagi aholiga 282ta telefon apparati to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda yanvar-avgust oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma'lum bo‘lgandi.

Top