«Liverpul» klubi Tiago Alkantara transferini rasman e'lon qildi.
«Bavariya» safini tark etgan 29 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachi Mersisayd klubi bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan.
Avvalroq, «Liverpul» Alkantara uchun Myunxen klubiga 20+5 million funt miqdoridagi transfer puli to‘lashi haqida xabar qilingan edi.
Ma'lumot uchun, Tiago 2019/20 yilgi mavsumda «Bavariya» safida Bundesliga o‘yinlarida 24 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan.