13:11 / 22.09.2020
683461

DTM imtihon natijalarini bilish usullarini ma'lum qildi

Abituriyentlar 2-13 sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarining javoblarini ertasi kuniyoq bilib olish imkoniga ega bo‘lishdi. Hozir esa tanlov natijalari to‘liq e'lon qilinishi kutilmoqda. Davlat test markazi yakuniy javoblar 24 sentyabrda e'lon qilinishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilgan edi.

DTM agar javoblar e'lon qilinsa, abituriyent o‘zining talaba bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida qanday bilib olishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar birinchi usulda abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top