Ötgan öquv yilidan boşlab oliy va professional ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari 2 bosqiç: “avval test, keyin tanlov” şaklida ötişi belgilangandi. Ya’ni bunda dastlab testda iştirok etiş va testlar töliq yakunlanganidan söng ikkinçi bosqiçda oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yönalişi va ta’lim şakli tanlanadi.
Ayni kunlarda 2025-2026 öquv yili uçun OTMga kiriş sinovlari davom etyapti, jarayon 24 iyulda tugaydi. Keyin abituriyentlar 15 kun davomida, taxminan 7 avgust sanasigaça qaysi oliygohga, qaysi ta’lim yönalişida öqişini belgilaşi kerak böladi. Quyida şuning tartibi tuşuntiriladi.
1. Buning uçun dastlab my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bölimiga kirib, “Xizmatdan foydalaniş” tugmasi bosiladi va “OTM tanlaş” bölimiga ötiladi.
2. Abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” böyiça öz tanlovini amalga oşiradi. Test topşirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bölgan beştagaça OTM va ta’lim yönalişini şakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yönalişlarini bir yoki turli OTM doirasida tanlaş mumkin.
3. Ta’lim yönalişlari tanlangaç, “Saqlaş” tugmasi bosildi. Ma’lumotlarni tasdiqlaş uçun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritiş orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
4. Söng “Abituriyent qayd varaqasi” şakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim şakllari, OTM va ta’lim yönalişlari aks etgan böladi. Yuklab oliş tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olişi mumkin.
Nomzodlar ta’lim yönalişlarini tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz ma’lumotlarini özgartirişlari va qayd varaqasini qayta yuklab olişlari mumkin.
Ularning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng, bir hafta muddatda e’lon qilinadi. Bu taxminan 14 avgust sanalariga töğri kelişi mumkin. Bu boradagi aniq ma’lumot Davlat komissiyasi tomonidan xabar qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingandi. Unga köra, 2025-2026 yillar uçun bakalavriatga 35 500 nafar, magistraturaga esa 9 922 nafar örin ajratiladi. Qabul kvotalari faqat kunduzgi ta’lim şakliga tegişli.












