23:32 / 24.09.2020
7182
Yevropa Ligasi. Shomurodov gol urdi, ammo «Rostov» musobaqani tark etdi
Foto: Twitter/rostovfc

Yevropa Ligasining 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

«Rostov» o‘z maydonida Hayfaning «Makkabi» klubidan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi. O‘yinda hisobni o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ochganiga qaramay, mehmonlar 2ta gol urib irodali g‘alabaga erishishdi.

Shuningdek, «Ararat» (Armaniston), «Viktoriya» (Chexiya) va «Kups» (Finlyandiya) klublari ham saralashning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l olishdi.

Yevropa Ligasi, 3-saralash bosqichi, 24 sentabr

Rostov (Rossiya) – Makkabi Hayfa (Isroil) 1:2

Gollar: Shomurodov (9) – Rukavitsa (20), Abu-Fani (60).

Rostov – Pesyakov, Osipenko, Chernov, Kozlov, Xadjikadunich, Glebov, Yeremenko (Hashimoto, 65), Normann, Bayramyan (Poloz, 65), Ionov, Shomurodov (Toshevski, 82).
Makkabi Hayfa – Koen, Habshi, Mabuka, Arad, Planich, Abu-Fani (Rodriges, 82), Menaxem, Lavi, Sheri, Rukavitsa (Nahmani, 89), Haziza (Ashkenazi, 85).
Ogohlantirishlar: Planich (45), Arad (89).
Chetlatish: Glebov (69).

Ararat (Armaniston) – Tsele (Sloveniya) 1:0
Gol:
Vakulenko (111).

Kups (Finlyandiya) – Suduva (Litva) 2:0
Gollar:
Renjyel (31), Tarasovs (72).

Viktoriya Plzen (Chexiya) – Syonneryusk (Daniya) 3:0
Gollar:
Ondrasek (35, penalti), Ba Lua (41), Kacher (51).

Top