08:18 / 25.09.2020
2476
Energiyani tejash to‘g‘risidagi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonunning maqsadi energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini tartibga solishdan iborat.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarning sub'yektlari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo‘linmalari, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, xorijiy davlatlar, xorijiy va xalqaro yuridik shaxslar (yuridik shaxs bo‘lmagan tashkilotlar) hisoblanadi.

Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarning obektlari tarkibiga, energiya resurslarini ishlab chiqaruvchi,  iste'mol qiluvchi tegishli uskunalar va iste'mol qilish, tashish va saqlash bilan bog‘liq texnologik jarayonlar hamda kapital qurilmalar (bino-inshootlar), energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarning boshqa obektlari kiradi.
 
Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Vakolatli davlat organining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida maqsadli tarmoqlararo va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat muassasalari, shuningdek, davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bajarilishini muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirish monitoringini olib borish;

tovar mahsulotlarining energiya samaradorligi sinflarini aniqlash tartiblarini belgilash;

binolar, inshootlar va uning elementlariga bo‘lgan energiya samaradorligi talablarini belgilash;

ko‘p kvartirali uy binosi mulkdorlarining xonalaridagi umumiy mulkiga nisbatan energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiy chora-tadbirlar ro‘yxatini aniqlash;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida Davlat energetika reyestrini shakllantiradi va yuritish tartibini belgilash;

o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega energiya auditorlar reyestrini yuritish;

energetika tekshiruvini o‘tkazishga, energetika tekshiruvi natijalariga (energetika pasporti, energetika tekshiruvi hisobotining shakli va mazmuni) talablarni belgilash;

ta'lim sohasidagi davlat vakolatli organi bilan kelishilgan holda o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash;

energiya servis xizmat shartnoma shakllarini tasdiqlash;

davlat muassasalari ehtiyojlarini ta'minlovchi tovar mahsulotlariga (ishlariga, xizmatlariga) energiya samaradorligi talablarini belgilash;

ushbu Qonun talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat axborot tizimini yaratish qoidalarini o‘rnatish hamda uning faoliyatini ta'minlash;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida maqsadli tarmoqlararo va hududiy dasturlar va loyihalarga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakli va usullarini belgilash hamda uni amalga oshirish;

energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va normativ-huquqiy tartibga solish samaradorligining tahlili va monitoringi;

O‘zbekiston Respublikasida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish holati to‘g‘risida yillik axborot hisobotini tayyorlash va uni o‘z Internet resursida joylashtirish;

energiya samaradorlik xaritasini shakllantirilishini, yuritilishini va amalga oshirilishini, energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish sohasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish.

Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Top