Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Budjet va iqtisodiyot masalalar qömitasi raisi Durbek Ahmedov OPeK Xalqaro taraqqiyot jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan "Iqlim böyiça qarorlar qabul qiliş haftaligi" sessiyasidagi iştiroki doirasida Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik boş direktori örinbosari Mixail Çudakov bilan uçraşdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Uçraşuvda Özbekiston yadro infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, muqobil energiyadan foydalaniş siyosatini qöllab-quvvatlaş borasidagi özaro hamkorlik, atom sanoatini rivojlantirişda parlamentning roli muhokama qilindi.
Suhbat çoğida tomonlar hamkorlikning joriy va istiqbolli rejalarini muhokama qildi, yadroviy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning yuqori darajasini tasdiqladi, şuningdek, yangi loyihalarni, jumladan, kiçik quvvatli atom elektr stansiyalarini yaratiş loyihasini amalga oşiriş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollaştirişdan manfaatdorlik bildirdi.
Alohida e’tibor Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik boş direktori Rafael Grossining "Nolsiz yadroviy innovatsiyalar" (Atoms4NetZero) taşabbusiga qaratildi. Uşbu taşabbus a’zo davlatlarni energiyani nol emissiyaga ötişda atom energiyasidan foydalanişga qaratilgan sa’y-harakatlarida qöllab-quvvatlaydi.
Uçraşuvda Qarorlar qabul qiliş jarayoniga jamoatçilikni faol jalb etiş, bu borada şaffoflik va javobgarlikni ta’minlaşning muhimligi qayd etildi.

















