09:58 / 25.09.2020
1817
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida soliq sohasidagi konvensiya kuchga kirmoqda

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadagi munosabatlar SSSR hukumati va Yaponiya hukumati o‘rtasida 1986 yil 18 yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi. 

2020 yil 17 oktabr kuni O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kiradi.

TIV xabariga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2019 yil 19 dekabr kuni Tokio shahrida imzolangan.

Konvensiya soliq sohasida qulay shart-sharoit yaratish va soliq ma'muriyatchiligi shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni kengaytirishga qaratilgan.

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadagi munosabatlar SSSR hukumati va Yaponiya hukumati o‘rtasida 1986 yil 18 yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi. Ushbu konvensiyaga nisbatan O‘zbekistonning huquqiy vorisligi 1994 yil 17 mayda notalar almashinuvi bilan belgilangan. Yangi konvensiya mazkur hujjatni almashtiradi.

Top