11:07 / 28.09.2020
30697

1-kurs talabalaridan qanday hujjatlar so‘ralishi ma'lum qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq, talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar OTMga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, talaba o‘zi qabul qilingan OTMga quyidagilarni topshirishi kerak:

  • Rektor nomiga ariza;
  • Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  • Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo‘lsa);
  • 3,5x4,5 foto 12ta;
  • Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
  • Konvert A5 formatida;
  • Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta'minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa);
  • Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning asli.

Shu bilan birga, birorta OTM bu hujjatlarni an'anaviy shaklda o‘qish boshlanishidan oldin talab qilishi mumkin emas.

Vazirlik imkon bo‘lsa, talabalikka qabul qilingan yoshlardan o‘zi qabul qilingan OTMning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishni so‘ragan.

Mavzuga oid
Top