08:23 / 28.09.2020
6189
Ecover – bunyodkorlikda yangicha yondoshuv vaqti keldi!

Inson o‘z umrining asosiy vaqtini o‘tkazadigan, farzandlari bilan rohatda bo‘ladigan maskan uning uyidir. Odam dunyoning eng hashamli mehmonxonalarida ham o‘z uyidagidek halovat topmaydi. Bashariyat paydo bo‘libdiki, o‘ziga boshpana quradi. Uy-joy bunyod etish yildan yilga taraqqiy etib bormoqda.

Asrimizni bemalol ulkan qurilishlar asri, deb atasak bo‘ladi. Lekin bunyodkorlik ishlari muttasil takomillashib borishi zarur. Bugungi kunda bino va inshootlarga ko‘p yillar davomida qo‘yilgan talablar – mustahkamlik va hashamatdan tashqari kamxarjlik, energiyatejamkorlik, tezkor bitkazish va yengil materiallardan foydalanish kabi ehtiyojlar ilgari surilmoqda.

Ecover: Biz nimani taklif va taqdim etamiz?

Bir qarashda hammasi juda oddiy – biz kechagi kunning emas, bugun va ertangi kunning talabiga ko‘ra ishlash, zamon bilan hamnafas bunyod etish g‘oyasini ilgari suramiz. Taklifimizning mohiyati – hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi tahliliga asoslanib, ma'muriy binolar va uy-joylarni qurishda yengil turdagi metal-karkas usullardan foydalanishdan iborat.

Buning afzalligi nimada?

Bizda ko‘p qo‘llaniladigan odatiy usuldagi temir-beton, g‘isht va sement qorishmalaridan qurilgan binolarga nisbatan yengil metall-karkas konstruksiyali binolar quyidagi afzalliklarga ega: qurilishning qisqa muddatda yakunlanishi, karkas konstruksiyalarining zilzilabardoshligi, yuqori energiya samaradorligi va bino loyihalari tarhini istalgan paytda, tezkorlik bilan o‘zgartirishdagi yengilliklar shular jumlasidandir.

100 foizgacha qayta ishlash mumkin bo‘lgan ekologik toza mahsulotlar ishlatilishi, shovqin, namlik va havodan samarali himoya binolar ichida shinamlik hamda qulaylikni ta'minlaydi.

Mineral tarkibli Ecover issiq saqlovchi materiallari qo‘llanilishi devor konstruksiyalarining o‘ziga xos «termos» vazifasini bajarishiga zamin yaratadi va ichki haroratni 2-3 sutkagacha saqlash imkonini beradi. Qishda issiqni, yozda salqin havoni saqlab turish o‘z navbatida ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishda qo‘l keladi.

Ayniqsa joriy yilda qishning sovuq kelishiga oid prognozlarga e'tibor qaratilsa, bu xususiyatlarning naqadar muhimligi ma'lum bo‘ladi. Iqlimi murakkab hududlar aholisi bu afzalliklarni sinab ko‘rish orqali baho berishlari mumkin.

Qisqa qilib aytganda shovqindan himoya, zarur haroratni saqlash, kamxarajatlilik, uzoq xizmat qilish, olovga chidamlilik va yong‘in xavfsizligini ta'minlashi bu texnologiyalar afzalligining yorqin namunasidir.

Eng muhimi – iqtisodiy jihat

Bugun qurilishga kirishgan har qanday shaxs yoki tashkilot borki, batafsil hisob-kitob qiladi, o‘z imkoniyatlarini chamalaydi. Har qanday qurilishning iqtisodiy jihatdan samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Biz taklif etayotgan va ayni vaqtda eng rivojlangan davlatlar uslubi bo‘lgan yengil metall konstruksiyali bino qurilishiga an'anaviy bino qurilishiga talab etiladigan muddatga nisbatan 3-4 marotabagacha oz vaqt sarf qilinadi.

Asosiysi – odatiy binoning 1 m² maydoni uchun 650 AQSh dollari ekvivalentidan boshlab mablag‘ sarflansa, yengil metall konstruksiyali binoning 1 m² maydoni uchun 500 AQSh dollari ekvivalenti talab etiladi.

Demak vaqt va naqdni tejash, evaziga zamon talablariga to‘la javob beruvchi, kelgusida ham energiyatejamkor hamda qulay binoga ega bo‘lishda to‘g‘ri tanlov qilish vaqti keldi – Ecover!

Murojaat uchun telefonlar: 71 2076776

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telegram: t.me/ecoverclimat

Sayt: www.ecover.uz

Reklama huquqi asosida

Top